Yangilangan: 2026 yil iyun

Maxfiylik siyosati

Ushbu hujjat flek.uz saytida qanday ma'lumotlar yig'ilishi va ular bilan qanday muomala qilinishini tushuntiradi. Savollar bo'lsa, hello@flek.uz manziliga yozing.

Qanday ma'lumotlar yig'iladi

Faqat «Aloqa» formasiga o‘zingiz kiritgan ma’lumotlar: ism, bog‘lanish uchun kontakt (Telegram, telefon yoki email) va xabar matni. Profillar, geolokatsiya yoki reklama trekerlari ishlatilmaydi.

Ma'lumot qanday ishlatiladi

Formadagi xabar avtomatik ravishda jamoamizning Telegram kanalimizga keladi. Biz bu ma'lumotni faqat sizga javob berish uchun ishlatamiz — uchinchi tomonga uzatmaymiz.

Saqlash

Xabarlar Telegram'da loyiha doirasidagi muloqot uchun zarur muddat saqlanadi. Sizning iltimosingiz bilan biz yozishmani o'chiramiz — hello@flek.uz manziliga murojaat qiling.

Sizning huquqlaringiz

O'zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuniga muvofiq, siz ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun hello@flek.uz manziliga yozing.

← Bosh sahifaga qaytish